100 million so'mgacha kredit
O'z biznesini boshlash yoki kengaytirishni istagan yoshlar uchun qulay kredit.
18 %
Yoshlarning orzulari ro‘yobga chiqishi uchun yaratilgan imkoniyatlar
O'z biznesini boshlash yoki kengaytirishni istagan yoshlar uchun qulay kredit.
18 %
Yo'l bo'ylari yoki jamoat joylarida ko'chma savdo va xizmat ko'rsatish nuqtalarini ochmoqchi bo'lgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat.
18 %
Yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko'rsatish yoki ta'lim loyihalarini moliyalashtirmoqchi bo'lgan yosh tadbirkorlar uchun katta imkoniyat.
18 %
Qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanuvchi yoshlar kooperativlari uchun zarur agrotexnika va uskunalar xarid qilishga mo'ljallangan kredit.
18 %
Kamida 2 yillik tajribaga ega yosh tadbirkorlar uchun o'z bino va inshootlarini qurish, ta'mirlash yoki jihozlashga yordam beradigan qulay qarz.
BHMning 6 000 baravarigacha
Olis hududlarda yoshlarga xorijiy tillarni o'rgatuvchi markazlar ochish niyatida bo'lgan C1 darajali yosh tadbirkorlar uchun maxsus qarz.
BHMning 320 baravarigacha
Startap g'oyangizni MVP darajasiga ko'tarish uchun mentor va ekspertlarni jalb qilish xarajatlarini qoplash imkoniyati.
100 million so'mgacha
Nufuzli xalqaro inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida qatnashib, o'z startapini rivojlantirmoqchi bo'lganlar uchun xarajatlarni qisman qoplash imkoniyati.
10 000 AQSh dollarigacha


Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi dasturlari, imtiyozlar va ariza topshirish tartibi bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Jamg‘arma yosh tadbirkorlarga imtiyozli kredit, subsidiya va BHM asosidagi qarz mablag‘lari orqali moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha kredit miqdori va foiz stavkasi alohida belgilanadi.
Jamg‘arma quyidagi hamkor banklar orqali kreditlar taqdim etadi:
18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi yoki mavjud biznesini kengaytirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
Ariza platformaga topshirilgandan so‘ng mas’ul xodimlar tomonidan dastlabki ko‘rib chiqiladi, so‘ng Maxsus Kengash muhokamasiga yuboriladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
Pasport nusxasi, biznes-reja, faoliyat yo‘nalishini tasdiqlovchi hujjatlar va bank rekvizitlari talab qilinadi. To‘liq hujjatlar ro‘yxati ariza shaklida ko‘rsatiladi.
Kredit muddati tanlangan dastur turiga qarab farq qiladi va odatda 12 oydan 60 oygacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.